Tuzoq — Erkin Usmon
Tosh barmoqlari orasida tutayotgan sigaret qoldig‘ini kuldon chetiga bosib o‘chirdi-da, ro‘parasida turgan yigitchalarga yer ostidan o‘qrayib qaradi va stol ustida yotgan tugunchaga imo qildi: — Bu nima? Yigitchalar tezda bir-birlariga qarab olishdi. — Boya aytganim, o‘lja… — ming‘illab qo‘ydi yigitchalardan biri — qo‘l-oyoqlari kalta, ko‘zlari o‘ynab turadigan Chittak laqabli o‘g‘ri.