Toʻzon — Bahodir Abdurazzoq
Bu la’nati to‘zon boshlanishidan ikki kunmi, yo uch kunmi oldin Olloberdi chol omonatini topshirdi. Xudoning qarg‘ishiga qolgan shaharchani o‘rab turgan qumtepalar tomondan g‘alati hovur ko‘tarilar, shamol bu yurtni butkul unutib yuborgan bo‘lsa kerakki, onda-sonda uchraydigan butalarning shoxlari ham zobitning oldida turgan askardek qilt etmas, osmon ham xira kulrang tusda edi.