Kitoblar

Tazarru — Abdujalol Taypatov

O‘qdek uchib borayotgan mototsikl yo‘l chetidagi ko‘hna daraxtning yo‘g‘on tanasiga zarb bilan urildi. Motor ovozi o‘chdi. «Taq-q» etgan qattiq tovush tun oromini buzdi. Katta yo‘lning so‘l tomonidagi shiypon ayvonida qurbaqalarning qurillashiga jo‘r bo‘lib xurrak otayotgan keksa qarovul bir seskanib, boshini ko‘tardi.