Qurboni jaholat — Abdulhamid Choʻlpon
Eshmurod o‘z uyida o‘turub ediki, birov eshik qoqdi. Eshmurod eshik oldiga kelub: — Kimdir? — Men. — Sen kimsan? — Men Mo‘minjon. — Voy, Mo‘minjon ekan-ku,— deb eshikni ochub, Mo‘minjonni mehmonxonaga olub kirdi. Xizmatchini chaqirub, choy-non olub kelishga buyurub yubordi. Mo‘minjon yoshligidan o‘g‘irliqg‘a odat qilub kelg‘anidan mehmonxonaning qozug‘iga osilgan soatga tikildi.