Kitoblar

Qora quzgʻun — Fozil Tilovat

Tog‘am Rahmatilla O‘roqov xotirasiga bag‘ishlayman 1 Jinoyat tafsilotlari bitilgan hujjatlarga ko‘milgan tergov xodimi boshini qog‘ozlardan ko‘targanida tun yarmidan oqqandi. Shu payt telefon jiringlab qoldi. – Allo, Akmal aka? – xotinining tashvishli ovozi eshitildi go‘shakdan. – Haliyam ishxonadamisiz? – Hozir ketmoqchi bo‘lib turgandim. – Quyuq tuman tushibdi, mashinani ehtiyot bo‘lib haydang!