Qashqa yoʻrgʻa — Jumanazar Beknazar
Hisor tog‘ tizmalari ortidan ufq tobora oqarib kelmoqda. Oqguzar qishlog‘ining kunchiqar tarafidagi keng hovli ufq qizilligiga chulg‘anganda Hisor cho‘qqilari bag‘ridagi cho‘ng xarsanglar ko‘zga yaqqolroq tashlana boshladi. Xayolni zilday bosib turishga qodir salobatli tog‘ cho‘qqilari xuddi chopsa yetib oladiganday ajabtovur yaqin ko‘rinadi. Parda rais cho‘qqilarga uzoq tikildi.