Kitoblar

Qasd — Qulman Ochilov

Bul odam o‘lmay qo‘lga tushmaydi. ( “Dalli” dostonidan ) Salomsiz kalom Professor Panji Namozov ikkinchi qavatdan yuradigan liftga yetgunicha hansirab, harsillab qoldi. Uning harakatlari ancha susayib, bug‘doyrang yuzidagi ajinlari kun-bakun ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, ba’zi tengdoshlariga o‘xshab, juda munkillab qolganicha yo‘q.