Oʻgʻuzxonning soʻnggi qurultoyi — Toʻlqin Hayit
1 Tong yuzida bokira qiz jilmayishi, maysada havas, zilol suvning kumush jamalaklarida iddao. Nega? Nega Kun nuridan Bosh Qo‘rg‘onga kamalak yog‘du tushdi? Nega bizga emas?! Daraxt shoxlari hasadni supurib tashlab, nozik qo‘lchalarini havasga uzatdi. “Bizga ham o‘sha yog‘dudan bir qatim nasib etsin”.