Olis yulduzlar — Orziqul Ergash
Uyquni buncha yaxshi ko‘rishmasa bular. Boshlari bolishga tegdimi, qotishadi-qolishadi. Munnay gap-gap qilib yotishmaydiyam. Mayli gaplashishmasin, lekin osmonga termulib, maza qilib xayol surishsa bo‘ladi-ku!.. Ha, bir hisobda shunisiyam ma’qul, xalal berishmaydi. Bir o‘zginam jimgina tikilib — gaplashib yotaman yulduzchalar bilan… Shu, anchadan beri bitta narsa miyamdan ketmaydi.