Muqimiy — Sobir Abdulla
Muqimiy (asl ism-sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li) (1850-yil, Qo‘qon – 1903-yil 25-may, Qo‘qon) – o‘zbek shoiri va mutafakkiri. O‘zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan biri. == Hayoti == Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi esa xo‘jandlik bo‘lib, ular Qo‘qonda yashagan. Muqimiy boshlang‘ich ma'lumotni mahallasidagi maktabda olgan.