Mohlaroyim — Mirza Karim
Mohlaroyim madrasasi — Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrining Haydarbek mahallasida joylashgan madrasa. Mohlaroyim madrasasini Qo‘qon xoni Madalixon (Muhammad Alixon) ning onasi Nodira (1792—1842) 1824—1825-yillarda qurdirgan. Madrasaga qurilgan yilda vaqf mulki ta'sis etiladi. Madrasa bir darsxona, 37 hujrali bo‘lgan.