Ming bir qiyofa — Omon Muxtor
„Ming bir qiyofa“ — o‘zbek yozuvchisi Omon Muxtor qalamiga mansub roman. 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyatida chop etilgan. Roman bir qarashda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uch hikoyatdan iboratdir. „Ming bir qiyofa“ o‘zbek romanchiligida katta yangilik bo‘lgan.