Kitoblar

Jiyda guli — Abdujalol Rahimov

1 Kichik xona derazasidan tushgan yorug‘lik qop-qora mo‘ylovi bug‘doyrang yuziga yarashgan qotma yigitni yoritib turibdi. U tik turganicha oq oralagan sochi orqaga taralgan ustozi uzatgan qog‘ozlarni oldi. Tahrir qilingan maqolasini oltin izlayotgandek diqqat bilan varaqlay boshladi. Sahifalardagi ayrim so‘zlarga soatning milidek nozik chiziqlarda qalam tekkizilgandi.