Girdob — Oʻktam Usmonov
Inson baxtli bo‘lishi kerak. Mabodo baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. L. N. Tolstoy 1 Saraton. Kun bo‘yi yeru ko‘kni jizg‘anak qilib kuydirgan quyoshning botishiga sal bor… Ufq qontalashib, osmon za’faron tusga kirgan; olisdagi qorli tog‘larning tepasigina niliy rangda tovlanadi… Chilonzordagi sarg‘ish, qizg‘ish g‘ishtin, kulrang, oqish yirik panelli baland uylarning ko‘lankalari tobora uzayib bora...