Kitoblar

Boyqoʻngʻir lolalari — Joʻra Fozil

Uxla askar, uxla beparvo, Tushlaringga kirsin Buxoro… Buxorolik askarlar xirgoyisidan I POLVON 1968 yil. Kech kuz tunlarining birida Buxorodan jo‘nagan poyezd ikki kecha-kunduz yo‘l bosib, qosh qorayganda cho‘l bag‘ridagi To‘ra Tom bekatiga yetib keldi. Bizni kuzatib kelgan serjantning aytishicha, bekat askarlar tilida To‘ra Tom emas, turma tom deb atalarmish.