Kitoblar

Azal kotiblari — Anvar Namozov

1 Xoliyor ustiga choyshab yopilgan oyoqlarini qimirlatdi. Tep-tekis solingan choyshab tagida ular karavotning narigi uchigacha qimirlashi kerak edi-ku… Endi oyoqlarining, to‘g‘rirog‘i, oyog‘ining panjalari beshta, tovoni bitta. Endi hatto tizzasi ham bitta. Oyog‘i esa bir yarimta, undan ham kamroq. Endi u chopib-chopib, sakrab-sakrab yurolmaydi. Bundan so‘ng bir juft poyabzal olmasa ham bo‘lar.