Kitoblar

Arvoh ishi — Ravshan Yoʻldosh

1 Tushimda barmog‘iga uzuk taqqan sichqon qopqon ko‘­tarib mushukni quvlab yurganmish… Ko‘nglim xijil bo‘l­di. Tushimga sichqon kirishi yaxshilikkamas, bunga bir necha bor amin bo‘lganman. Qaysi kuniyam suvga kalla tashlayotgan sichqonni tush ko‘rgandim. Ertasiga qaynonam tomondan xunuk xabar keldi: qaynotam to‘yda araqqa bo‘kkan ekan, aksimni ko‘raman deb quduqqa egilib pastga qulabdi!